-
O‘zbekiston va Belarus qonunchilik monitoringi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
2026-10-14 223Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Belarus Milliy qonunchilik va huquqiy axborot markazi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi. Tomonlar qonunchilik monitoringi va huquqiy axborot tizimlarini birgalikda rivojlantirishni maqsad qilgan.
-
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
2026-10-13 201O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
-
Vitebskda konsullik qabuli
2026-10-13 148O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari Vitebsk viloyatiga xizmat safari davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganildi. Ish beruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi, fuqarolarga konsullik ro‘yxatidan o‘tish tartiblari tushuntirildi hamda favqulodda vaziyatlarda Elchixona bilan bog‘lanish uchun tezkor aloqa raqamlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida hamyurtlarimizga xorijda qonuniy bo‘lib turish qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. -
Lida tumani sanoat korxonalari bilan yangi rejalar belgilab olindi
2026-10-10 227Lida tumani sanoat korxonalari bilan yangi rejalar belgilab olindi
-
Xalq diplomatiyasi va qahramonlar yodi
2026-10-09 253Minsk shahridagi G‘ulom Yoqubov nomidagi 36-sonli o‘rta maktabda “Xalq diplomatiyasi - tinchlik va hamkorlik ko‘prigi” mavzusida o‘quvchilar bilan "ochiq dars" ko‘rinishidagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda maktabga nomi berilgan o‘zbek o‘g‘loni, Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilib o‘sgan va keyinchalik Ikkinchi jahon urushida Belarusda qahramonlarcha halok bo‘lgan G‘ulom Yoqubovning merosi haqida kengaytirilgan ma’lumotlar yetkazildi, bugungi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklik loyihalari haqida suhbatlashildi.
-
“O‘zbekiston-Belarus” do‘stlik jamiyati faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
2026-10-07 261“O‘zbekiston-Belarus” do‘stlik jamiyati faollari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Tadbirda “Temur tuzuklari” asarining belarus tilidagi tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu nodir asarning ilk bor belarus tilida nashr etilishi ikki xalq o‘rtasidagi adabiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, xorijlik kitobxonlarga sharq davlatchilik madaniyatini anglash imkonini beradi.
Yakunda faollar xalq diplomatiyasi vositasida qo‘shma loyihalar va madaniy hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. -
Belarus o‘qituvchilari va murabbiylarini O‘qituvchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
2026-10-04 277Pedagog va murabbiyning sharafli va olijanob mehnati hamisha alohida hurmatga sazovor bo‘lgan. Yosh avlodni tarbiyalash, ularga bilim berish, ezgulik va adolatni o‘rgatish, ularning hayot yo‘lini boshlashlariga ko‘maklashishdek muhim vazifa sizga topshirilgan!
Sizga mustahkam sog‘lik, baxt, ilhom, o‘quvchilar mehri va minnatdorchiligini tilaymiz!
Hurmat bilan
O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi
Belarus Respublikasida
-
“Innoprom. Belarus”: Xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirilmoqda
2026-09-30 312“Innoprom. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida xorijiy hamkorlar bilan sanoat, texnologiya va investitsiya sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.
-
Минскда МДҲ Доимий вакиллари кенгашининг йиғилиши бўлиб ўтди
2026-09-29 296Tadbirda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev va Belarus Aloqa vaziri Kirill Zaleskiy ishtirokida “MDH tashkil etilganining 35-yilligi”ga bag‘ishlangan badiiy konvert va markani rasmiy tamg‘alash marosimi o‘tkazildi
-
“Tochka.by” portali ta’sischisi bilan uchrashuv
2026-09-28 245Belarusning “Tochka.by” portali ta’sischisi Igor Mixaylovich Ruban bilan bo‘lib o‘tkan muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni Belarus media makonida faol yoritish hamda qo‘shma media-loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.