-
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi navbatdagi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi
2026-10-26 107Safar dasturidan o‘rin olgan dastlabki tadbirlar doirasida delegatsiya a’zolari ayni paytda ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida yurtdoshlarimizning mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, istiqboldagi rejalari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida toshkentlik tadbirkorlar tomonidan Belarusda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.
Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyati hududida "MAZ" brendi ostidagi yuk texnikalariga xizmat ko‘rsatish markazi hamda ehtiyot qismlar omborini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi va o‘zaro fikr almashildi.
-
Toshkent va Minsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi
2026-10-26 118Belarus Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi (gubernatori) Aleksey Kushnarenko bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.
-
Belarusda Xitoy biznes doiralari uçun “Yangi Toşkent” loyihasi taqdim etildi
2026-10-24 161Minsk şahrida Belarusda faoliyat yuritayotgan Xitoyning yetakçi kompaniyalari va sarmoyadorlari uçun “Yangi Toşkent” mega-loyihasining investitsiyaviy imkoniyatlari taqdim etildi. Uçraşuvda yangi barpo etilayotgan şaharda joriy etiladigan “aqlli” va “yaşil” texnologiyalar, zamonaviy infratuzilma hamda xorijlik investorlar uçun yaratilgan qulay şaroitlar va soliq imtiyozlari böyiça atrofliça ma’lumot berildi. Xitoylik investorlar loyihaga yuqori qiziqiş bildirib, yaratilgan kafolatlarni yuqori baholadilar. Muloqotlar yakunida hamkorlikda yangi loyihalarni boşlaş va ularni amalga oşiriş çoralari kelişib olindi.
-
Minskdagi O‘zbekiston madaniyat markazida Minsk va Namangan talabalarini birlashtirgan til bayrami bo‘lib o‘tdi
2026-10-23 1622026-yil 22-oktyabr kuni Minskdagi O‘zbekiston madaniyat markazida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Ikki shahar - bir do‘stlik tili” mavzusida xalqaro onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madaniyat markazida o‘tgan uchrashuv davomida ikki xalqning boy tarixi va qadriyatlarini aks ettiruvchi yorqin madaniy dastur namoyish etildi.
-
Özbekistonning Belarusdagi Elçixona dilomatlari Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida bölib, uşbu oliygohda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan uçraşdi
2026-10-22 17621-oktyabr – Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan mazkur taşrif doirasida diplomatlar universitet rahbariyati bilan rasmiy uçraşuv ötkazdilar. Tadbir davomida özbek tilining boy tarixi va madaniy ahamiyati alohida qayd etilib, talabalar tomonidan tayyorlangan bayram videoroligi namoyiş etildi. Universitet rahbariyati özbek talabalarining uşbu taşabbusini yuqori baholab, bu kabi tadbirlar oliygoh va Özbekiston ta’lim muassasalari örtasidagi köp yillik akademik hamkorlikning gözal an’anasiga aylanişini ta’kidladi
-
Ўзбекистон Беларусда йирик чорвачилик мажмуасини барпо этади
2026-10-16 219Андижон вилояти ҳокимлиги ҳамда тадбиркорлари ташаббуси билан Беларуснинг Витебск вилояти Городок туманида 4 минг бош қорамолга мўлжалланган
-
Mehr tafti ila yo‘g‘rilgan ayyom: Belarusda Onalar kuni muborak!
2026-10-14 220Muhtaram onajonlar va aziz opa-singillar!
Bugun Belarus zaminida oltin kuzning eng fayzli va yuraklarga iliqlik ulashuvchi bayrami - Onalar kuni nishonlanmoqda. Sizlarni ushbu qutlug‘ va sharafli ayyom bilan chin qalbdan qutlaymiz.
Belarusda bu kun bejiz kuzning ayni shu pallasiga tanlanmagan. Chunki tashqarida kuz havosi bo‘lsa-da, onalarimizning tabassumi va mehri har qanday qalbni bahordek isitishga qodir. Ona borki - hayot go‘zal, oilalar mustahkam, xonadonlar nurafshondir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
-
O‘zbekiston va Belarus favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
2026-10-14 228Ikki tomonlama muzokaralar davomida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Vadim Sinyavskiy bilan xavfsizlikni ta’minlash, tizim uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvda qutqaruv tizimlarini zamonaviylashtirish va inqirozli vaziyatlarda tezkor harakat qilish salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki davlat aholisining osoyishtaligi va xavfsizligini kafolatlash yo‘lida kelgusida ham birgalikda tizimli hamda faol ish olib borish muhimligini qat’iy ta’kidladilar.